Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

MAHALLALARDAGI OSOYISHTA MUHIT – XALQIMIZ FAROVONLIGI UCHUN

24 Sentyabr 2025, 10:09

196

IIV akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tgan yig‘ilishda hududlarga biriktirilgan mas’ul rahbarlar, ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va magistratura tinglovchilari qatnashdi.

Ma’lumki, yurtimizdagi keng qamrovli islohotlar jarayonida mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbari qarorlarida aniq vazifa va mexanizmlarning belgilab berilgani tizim natijadorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Yig‘ilishda mahallalarning kriminogen vaziyati atroflicha muhokama qilindi. Huquqbuzarliklarning asl omillarini o‘rganish, “jinoyat o‘choq”larini aniqlash va ularga barham berish, ijtimoiy profilaktika ob’ektlari bilan ishlash, “yo‘l xarita”lar ijrosini ta’minlash, “mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etish yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.

Akademiya boshlig‘i hududlarda eng ko‘p sodir etilgan jinoyatlarga e’tibor qaratib, har bir huquqbuzarlik sababini joylarga chiqqan holda ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish, muammolarning ildiziga yetib borish, amaliyotda natija beradigan takliflarni ishlab chiqish, eng muhimi, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish zarurligini qayd etdi.

“Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor maqsadi sanaladi. Kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni tag-tomiri bilan yo‘qotmas ekanmiz, jinoyatchilikning oqibati bilan kurashib yuraveramiz. Buni hududlarga biriktirilgan mas’ullar, ayniqsa “mahalla yettiligi” tizimi vakillari chuqur anglashi kerak”, – dedi akademiya boshlig‘i.

Yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olishni yangicha yondashuvlar asosida tashkil qilish, “mahalla yettiligi”ning ish samaradorligini oshirish, jinoyatchilikni jilovlashni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullar ogohlantirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech