Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakulteti

Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakulteti chet davlatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyatini tashkil etadi.

Fakultetning maqsadi xorijiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini joriy etish orqali jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

Fakultetning vazifalari:

xorijiy kadrlarni belgilangan tartibda qabul qilish, o‘qitish va bitiruv tadbirlarini tashkil etish, ushbu jarayonga jalb etiladigan akademiyaning ilmiy va o‘quv-tarbiyaviy bo‘linmalariga har tomonlama ko‘maklashish;

xorijiy kadrlarga ta’lim berish shakllari va texnologiyalarini takomillashtirish maqsadida respublikaning boshqa sohalardagi yetakchi ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

xorijiy kadrlar va akademiyaning kursant (tinglovchi)lari o‘rtasida madaniyatlararo almashinuv bo‘yicha tadbirlar, shuningdek, madaniy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning sifatli o‘tkazilishini muvofiqlashtirish;

xorijiy kadrlarga ta’lim berish jarayonining samaradorligini baholash, madaniyatlararo almashinuvning yangi shakllarini qo‘llash hamda o‘qish tahlilini amalga oshirish;

xorijiy kadrlar vaqtincha yashashi uchun uy-joy ijarasi va madaniy-hordiq tadbirlarini tashkil etish.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech