Sirtqi ta’limga huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida 3 yillik ish stajiga ega oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli xodimlar qabul qilinadi.
Mazkur bosqichda o‘qish muddati oliy ma’lumotga ega xodimlar uchun 3 yil, o‘rta maxsus ma’lumotga ega xodimlar uchun 4 yilni tashkil etadi.
Bitiruvchilarga “huquqbuzarliklarning oldini olish va fosh etish faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha “yurist” malakasi beriladi.