Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Köp beriladigan savollar

Içki işlar vazirligi akademiyasining kunduzgi ta’lim bakalavriatida öqişni xohlaysizmi, unda qöyidagilarni bilişingiz tavsiya etiladi.

 

Kimlar öqişga qabul qilinadi?

 

Akademiyaga öqişga kiriş uçun nomzodlar Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölişi, 17 yoşdan kiçik (qabul yilida 17 yoşga töladiganlar) va 25 yoşdan katta bölmasligi (şu jumladan, 25 yoşdagilar), umumiy örta, örta maxsus va professional ma’lumotga ega bölişi kerak.

 

Kvotalar qanday taqsimlangan?

 

Umumiy qabul kvotasining 90 foizi Içki işlar vazirligi tasarrufidagi akademik litseylar va harbiy akademik litseylar bitiruvçilari, içki işlar organlari xodimlari va harbiy xizmatçilari, şuningdek, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlaş böyiça yordamçilari uçun ajratilgan.

 

Qolgan 10 foiz kvota esa örta umumta’lim maktablari bitiruvçilari hamda örta maxsus ma’lumotga ega fuqarolarga berilgan.

 

Qanday hujjatlar talab etiladi?

 

Öqiş istagini bildirgan nomzodning arizasi (nomzod xodim bölgan taqdirda bildirgisi) doimiy yaşaş joyi böyiça hududiy içki işlar organlarida qabul qilinadi. Bunda nomzod öz ariza (bildirgi)sida tanlagan ta’lim yönalişini körsatişi kerak.

 

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

nomzod tomonidan qölda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;

anketa (ma’lumotnoma);

harbiy xizmatga çaqiriluvçining qayd etilganligi töğrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnoma nusxasi;

öqiş, iş (agar öqiyotgan yoki işlayotgan bölsa) joyidan tavsifnoma;

doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olingan joyidan soğligining holat haqida belgilangan namunadagi ma’lumotnoma (böy-basti körsatilgan holda);

ota-onasining Akademiyaga öqişga kirişiga rozilik xati.

 

Öqişga qabul qiliş neçta bosqiçdan iborat?

 

Öqişga qabul qiliş quyidagi bosqiçlarda amalga oşiriladi:

1) dastlabki tanlov;

2) maxsus kasbiy tanlov;

3) yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

 

Dastlabki tanlov nomzodga tegişli hujjatlarni va uni tavsiflovçi ma’lumotlarni töplaş, nomzod töğrisidagi turli ma’lumotlar, şuningdek uning soğligi jihatdan öqişga yaroqliligini aniqlaşdan iborat.

 

Dastlabki tanlov:

fuqarolar hamda IIV akademik litseylari bitiruvçilari uçun – ularning doimiy yaşaş joyidagi tegişli içki işlar organlarida;

harbiy akademik litseylar bitiruvçilari uçun – (hujjatlarni töplaş va örganiş tadbirlari) ularning doimiy yaşaş joyidagi tegişli içki işlar organlarida va (tibbiy körikdan ötkaziş tadbirlari) harbiy akademik litsey joylaşgan hududdagi içki işlar organlarida;

içki işlar organlari xodimlari va harbiy xizmatçilari uçun – ularning xizmat joyi va harbiy qismlarda (muassasalarda) ötkaziladi.

 

Nomzodlar vazirlik hamda içki işlar organlarida maxsus taşkil etilgan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy körikdan ötkaziladi. 

 

Maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat IIV Akademiyasida bölib ötadi.

 

Maxsus kasbiy tanlov quyidagilardan iborat:

hujjatlarni örganiş;

tibbiy körikdan ötkaziş;

yozma iş (bayon yoki inşo);

umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş;

çet tillarini özlaştirganlik darajasini baholaş. 

 

Şuningdek “ekspert-kriminalistika faoliyati” ixtisoslik yönalişi böyiça hujjat topşirgan nomzodlar uçun maxsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni öz içiga oladi:

hujjatlarni örganiş;

tibbiy körikdan ötkaziş;

umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş;

kimyo, fizika va matematika fanlarini özlaştirganligini baholaş.

 

Maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli ötgan nomzod yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qöyiladi. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat huquqşunoslik, Özbekiston tarixi, tarbiya fanlari böyiça ötkaziladi. Öz navbatida, yuqoridagi bosqiçlardan muvaffaqiyatli ötgan nomzodlargina öqişga qabul qilinadi.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech