Içki işlar organlarining ma’muriy faoliyati kafedrasi akademiyaning mutaxassis kadrlar tayyorlaş faoliyatiga kömaklaşib kelayotgan tarkibiy tuzilma sanaladi.
Kafedra tomonidan öqitiladigan fanlar:
içki işlar organlarining ma’muriy faoliyati;
jamoat xavfsizligi asoslari;
jamoat tartibini saqlaş va xavfsizlikni ta’minlaş faoliyatini taşkil etiş;
jamoat tartibini saqlaş va xavfsizlikni ta’minlaş faoliyatini boşqariş.
Kafedra professor-öqituvçilari çop etgan adabiyotlar:
“Içki işlar organlarining ma’muriy faoliyati” (darslik);
“Içki işlar organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi” (öquv qöllanma);
“Içki işlar organlari faoliyatida oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaşning taşkiliy-huquqiy asoslari” (öquv qöllanma);
“Içki işlar organlarining davlat xizmatlarini körsatiş tizimini taşkil etiş” (öquv qöllanma);
“Davlat funksiyalari” (öquv qöllanma);
“Jamoat xavfsizligini ta’minlaşning obyektlari va subyektlari” (öquv qöllanma).
Kafedra qoşida “Yoş ma’muriy amaliyotçilar” iqtidorli kursantlar ilmiy tögaragi taşkil etilgan. Öquv jarayonida nazariya va amaliyot uyğunligini ta’minlaş maqsasida Içki işlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bölinmalari, şuningdek yetakçi ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yölga qöyilgan.