Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Muammolar ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilindi

28 Noyabr 2026, 17:12

54

IIV akademiyasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi tomonidan ilmiy-amaliy konferensiya ötkazildi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oşiriş masalalariga bağişlangan anjumanda vazirlik sohaviy xizmatlari va Toşkent şahar IIBB vakillari, turdoş ta’lim muassasalaridan olimlar, şuningdek akademiya professor-öqituvçilari va kursantlari iştirok etdi.

Tadbirda sözga çiqqanlar kriminogen vaziyatni prognozlaşni takomillaştiriş, jinoyatçilikni jilovlaşga ilmiy yondaşuvlarni keng tatbiq etiş, kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarga qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş, alohida toifadagi şaxslar bilan manzilli işlaş, mahalla, ta’lim muassasalari va boşqa joylarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini samarali taşkil etiş masalalari yuzasidan mulohaza yuritdilar.

Konferensiya yakunida olimlarning ilmiy izlanişi natijasi, amaliyotçi mutaxassislarning köp yillik tajribasidan kelib çiqib faoliyatdagi muammolarning yeçimlariga qaratilgan muhim taklif va tavsiyalar işlab çiqildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech