IIV akademiyasi vakillari tomonidan poytaxtimizdagi “Vosiq International School” xususiy maktabida huquqiy tarğibot tadbiri ötkazildi.
Yoş avlodning huquqiy madaniyatini yuksaltiriş maqsadida taşkil etilgan tadbirda qonunlarga itoatkorlik, jinoyat uçun javobgarlik masalalari, ösmir-yoşlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va ularning omillari, internet makonida yuzaga kelayotgan xavf-xatarlar, ularga qarşi kuraşiş çoralari, kiberxavfsizkka rioya etiş qoidalari haqida öquvçilarga tuşunça berildi.
***
“Ma’naviyat marşruti” doirasida IIV akademiyasi kursantlari Temuriylar tarixi davlat muzeyini tomoşa qildi.
Ekskursiya davomida yoşlarga buyuk ajdodimiz Amir Temurning hayoti, sarkardalik faoliyati, davlat boşqaruviga oid islohotlari, temuriylar davri ilmiy-ma’naviy merosining ahamiyati, muzey fondida saqlanayotgan eksponatlar va ularning tarixi haqida sözlab berildi.
***
Mirzo Uluğbek tumanidagi 208-son umumta’lim maktabi öquvçilari IIV akademiyasida taşkil etilgan “Oçiq eşiklar kuni” mehmoni böldi.
Şu kuni öquvçilar öquv dargohida yaratilgan şaroitlar bilan tanişib, ta’lim jarayonlari, kursantlar bilan olib boriladigan jangovar-jismoniy maşğulotlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, akademiyaga kiriş uçun ötkaziladigan imtihonlar haqida özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati