Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Ilmiy darajalar beruvchi kengashlar

Akademiya huzurida yuridik fanlar ixtisosliklari bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD), fan doktori (Doctor of Sciences, DSc) ilmiy darajalarini beruvchi ochiq va yopiq ixtisoslashgan kengashlar mavjud.

Mazkur kengashlar muayyan muddat davomida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatish uchun tuzilgan ilmiy-tashkiliy tuzilma hisoblanadi.

Ilmiy kengashlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rahbarligida qonuniylik, xolislik, ochiqlik, shaffoflik va tezkorlik prinsiplari asosida faoliyat olib boradi.

Kengashning vazifalari:

dissertatsiyani himoyaga qabul qilish;

dissertatsiya himoyasini o‘tkazish;

Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan yuborilgan dissertatsiyani, apellyatsiyalarni, Ilmiy seminar hisobotini ko‘rib chiqish;

ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash va boshqa.

Ilmiy kengash a’zolari kamida 9 nafar va ko‘pi bilan 21 nafar a’zodan iborat tarkibda shakllantiriladi.

 

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech