Kadrlar bo‘limi akademiyaning mustaqil tarkibiy tuzilmasi sanaladi.
Bo‘limning maqsadi ichki ishlar organlari uchun professional kadrlar tayyorlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, o‘qitish, kadrlarning ish malakasini oshirish, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik darajasi hamda kelgusida ulardan xizmatda foydalanishning istiqbollarini aniqlashdan iborat.
Bo‘limning vazifalari:
kadrlar siyosatini amalga oshirish;
ichki ishlar organlaridagi xizmatga nomzodlarning tanlov asosida qabul qilinishini tashkil etish,
xizmatni o‘tash tartibi qoidalari va mehnat munosabatlariga rioya etilishi, “uzluksiz o‘quv-karera” jarayoniga doir talablarning bajarilishini ta’minlash;
ichki ishlar organlari uchun professional kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning doimiy ravishda malakasini oshirish jarayonini tashkil etish;
shaxsiy tarkibning xizmat, jangovar, jismoniy va psixologik tayyorgarligini ta’minlash;
istiqbolli kadrlar zaxirasini yaratish hamda boshqa.