Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi akademiyaning mustaqil tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Markaz faoliyati huquqshunoslik va kasbiy fanlar yo‘nalishida ichki ishlar organlari ta’lim hamda o‘quv muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan.
Markazning vazifalari:
tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish;
o‘quv kurslari rejasi va dasturlarini ichki ishlar organlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish;
o‘quv kurslarini yuqori saviyada, zamonaviy interfaol ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish;
mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yetakchi pedagog xodimlar, amaliyotchi mutaxassislar, shuningdek, xorijiy mutaxassislarni keng jalb etish;
milliy hamda xorijiy tajriba asosida o‘quv kurslari samaradorligini oshirib borish choralarini ko‘rish.
Markazda o‘quv jarayonlari ishdan ajralgan va ajralmagan holda (mustaqil ravishda), shuningdek, muqobil malaka oshirish shakllarida tashkil etiladi.