IIV akademiyasi işçi guruhi tomonidan Navbahor tumanida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Örganişlar davomida mahallalarda xavfsiz va barqaror muhitni şakllantiriş, jinoyatçilikni ilmiy-amaliy tahlil qiliş, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatayotgan omillarni bartaraf etişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, ta’lim muassasasidan biriktirilgan mas’ullar tomonidan “Kelaçi”, “Beşrabot”, “Arabxona”, “Qiziloy” mahallalarida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar muhokama qilindi. Ayrim yönalişlarda kamçiliklar borligi aytilib, “mahalla yettiligi” tizimi bilan birgalikda profilaktika işlarini kuçaytiriş yuzasidan tavsiyalar berildi.
“Yuqori Beşrabot”, “Paxtakor” va “Qorovultepa” mahallalarida probasiya nazoratida turgan şaxslar bilan profilaktik suhbatlar ötkazilib, ularga huquqiy masalalarda yordam körsatildi. “Yuqori Beşrabot” mahallasida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularning turmuş şaroiti va muammolari örganildi.
“Navbahor” mahallasida tuman hokimligi, prokuratura, içki işlar va soliq organlari rahbarlari iştirokida ötkazilgan sayyor qabulda 8 nafar fuqaroning masalasi joyida hal etildi. Aholi tomonidan bildirilgan barça murojaatlar tegişli taşkilotlarga yönaltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Şuningdek, “Özbekiston”, “Halovattepa” mahallalarida aholini kiberjinoyatlardan işonçli himoya qiliş böyiça amalga oşirilayotgan işlar örganildi. Tarğibot uçraşuvlari taşkil qilinib, fuqarolarga “APK Qöriqçi” mobil ilovasining imkoniyatlari va undan foydalaniş tartibi tuşuntirildi.
Bundan taşqari, viloyat va tuman mutasaddilari bilan ötkazilgan işçi uçraşuvlarda jamoat tartibini saqlaş, jinoyatlarni aniqlaş va foş etiş, qidiruvdagi şaxslarni uşlaş, tergov jarayonida qonuniylikni ta’minlaş hamda boşqa dolzarb masalalar muhokama qilinib, tizimning faoliyat samaradorligini oşirişga qaratilgan tegişli vazifalar belgilab olindi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati