Kunduzgi ta’lim bakalavriat va magistraturadan iborat.
Kunduzgi ta’lim bakalavriatiga Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi akademik litseylar va harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari, shuningdek, o‘rta umumta’lim maktablari bitiruvchilari hamda o‘rta maxsus ma’lumotga ega fuqarolar qabul qilinadi.
Quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
1) tezkor-qidiruv faoliyati;
2) huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati;
3) ekspert-kriminalistika faoliyati;
4) jazoni ijro etish faoliyati;
5) xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash;
6) tashkiliy-shtab faoliyati;
7) probatsiya faoliyati.
Mazkur bosqichda o‘qish muddati 3 yilni tashkil etib, bitiruvchilarga “yurist” malakasi hamda “leytenant” maxsus unvoni beriladi.