Akademiyada xorijiy davlatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yo‘lga qo‘yilgan.
Xorijiy ta’lim oluvchilar uchun quyidagi bosqichlar mavjud:
1) bakalavriat;
2) magistratura;
3) tayanch doktorantura;
4) kasbiy tayyorgarlik (qayta tayyorlash va malaka oshirish).
Talabgorlar kirish imtihonlarisiz o‘qishga qabul qilinib, ta’lim jarayonlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi.
Bakalavriat bosqichida o‘qish muddati 3 yilni tashkil etadi.
Quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati;
ekspert-kriminalistika faoliyati;
jazoni ijro etish faoliyati;
xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash;
tashkiliy-shtab faoliyati;
probatsiya faoliyati.
Magistratura bosqichida o‘qish muddati 1 yilni tashkil etadi.
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
“tashkiliy-strategik boshqaruv”;
“tashkiliy-taktik boshqaruv”;
“ilmiy-pedagogik faoliyat”.
Bitiruvchilarga belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Tayanch doktorantura dasturini o‘zlashtirgan va belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilganlarga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi beriladi.
Qisqa muddatli kurslarni tamomlagan xorijiy kadrlarga guvohnoma (sertifikat) beriladi.