Ichki ishlar organlari faoliyatini uslubiy ta’minlash markazi akademiyaning mustaqil tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Markaz faoliyati kriminogen vaziyatni o‘rganish, huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini tahlil qilish orqali jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish, ularni amaliyotga tatbiq etish, hududiy ichki ishlar organlari faoliyatini uslubiy ta’minlashga qaratilgan.
Markazning vazifalari:
kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlarni aniqlash, jinoyatlar sodir etilish sabab va sharoitlarini tahlil qilish, faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan hudud metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
umumiy jinoyatchilik orasida salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyat turlarini aniqlash, arning sodir etilish sabab va sharoitlarini tahlil qilish, ushbu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish metodikasini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish;
ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan ilmiy hamda amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;
jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida huquqni qo‘llash amaliyoti hamda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati natijadorligini oshirishga xizmat qiladigan metodik qo‘llanmalar, tahliliy ma’lumotnomalar, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, ulardan ichki ishlar organlari faoliyatida foydalanishga ko‘maklashish.
Markaz Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.