Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va mukofotlash bo‘limi akademiyaning mustaqil tarkibiy tuzilmasi sanaladi.
Bo‘limning maqsadi shaxsiy tarkib o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, jamoada xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, rag‘batlashtirish ishlarini amalga oshirish, shuningdek xodimlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishdan iborat.
Bo‘limning vazifalari:
shaxsiy tarkib a’zolari bilan ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy-ruhiy ishlarni tashkil etish;
shaxsiy tarkib a’zolarining xizmat hamda xizmatdan tashqari paytda kasbiy madaniyat va xizmat intizomi talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash;
jamoada yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlarni olib borish, xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash;
shaxsiy tarkib a’zolarining madaniy hordiq olishini tashkil etish;
shaxsiy tarkib a’zolari, faxriylar, shuningdek xizmat vazifasini bajarayotganda vafot etgan, nogironligi bo‘lgan xodimlar hamda ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish;
shaxsiy tarkib a’zolarini rag‘batlantirish ishlarini tashkil etish, nomzodlarni davlat va idoraviy mukofotlarga asosida taqdim etish.