Jinoyat huquqi kafedrasi akademiyaning mutaxassis kadrlar tayyorlash faoliyatiga ko‘maklashib kelayotgan tarkibiy tuzilma sanaladi.
Kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar:
jinoyat huquqi (umumiy qism);
jinoyat huquqi (maxsus qism).
Kafedra professor-o‘qituvchilari chop etgan adabiyotlar:
“Jinoyat huquqi. Umumiy qism” (darslik);
“Jinoyat huquqi. Maxsus qism” (darslik);
“Uyushgan guruhlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish” (darslik);
“O‘zgalar mulkini talonchilik yo‘li bilan talon-toroj qilish uchun jinoiy javobgarlik” (monografiya);
“Jinoyat huquqining maxsus qismidan amaliy masalalar” (o‘quv qo‘llanma);
“Jinoyat huquqining umumiy qismidan amaliy masalalar” (o‘quv qo‘llanma);
“Jinoyat huquqida tamom bo‘lmagan jinoyat” (o‘quv qo‘llanma);
“Jinoyat huquqida bir qancha jinoyat sodir etish” (o‘quv qo‘llanma);
“Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar” (o‘quv qo‘llanma);
“Yarashilganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish” (o‘quv qo‘llanma);
“Hayotga qarshi jinoyatlarning jinoyat-huquqiy jihatlari” (o‘quv qo‘llanma).
Kafedra qoshida iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi tashkil etilgan. O‘quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsasida Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari, shuningdek yetakchi ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.