Diqqat! Sayt sinov rejimida

Chet tillar markazi

      Chet tillari markaz faoliyati 2017-yilda yo‘lga qo‘yilgan.

      Markazning asosiy maqsadi ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va tinglovchi-kursantlariga chet tillarni chuqurroq  o‘rgatishni tashkil etish hisoblanadi.

      Markazning faoliyat yo‘nalishlari quyidagilar:

professor o‘qituvchilar tarkibi, tadqiqotchilar va tinglovchi kursantlar tomonidan chet tillarni o‘rganishi uchun shartnoma asosida mazkur sohadagi yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda qo‘shimcha o‘quv kurslarini tashkil etish;

professor o‘qituvchilar tarkibi, tadqiqotchilar va kursantlarni xorijiy ilmiy ma’rifiy tadbirlar va seminar treninglarda ishtirok etishga, tajriba almashishga, xorijiy ta’lim muassasalarida malaka oshirish va stajirovka o‘tashga tayyorlash;

ta’lim jarayonida chet tillarni qo‘llash asoslari bo‘yicha dasturiy o‘qitishni tashkil etish orqali o‘qituvchilarning pedagogik salohiyatini oshirishda ko‘maklashish;

chet tillarni o‘rgatish kurslariga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsiyaviy metodikalar, o‘qitishning ilg‘or uslublari, interaktiv vositalari va mediata’lim mahsulotlarni joriy etish;

professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va tinglovchi-kursantlarning chet tillarni bilish darajasidan kelib chiqib, mazkur sohadagi yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda o‘quv kurslarining o‘quv rejalari va dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish va takomillashtirib borish;

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlarini chet tillarni bilganlik uchun moddiy rag‘batlantirish maqsadida ichki ishlar organlari xodimlarining chet tillarni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech