Tahririy-noshirlik bo‘limi akademiyaning mustaqil tarkibiy tuzilmasi sanaladi.
Bo‘limning maqsadi tahririy-noshirlik faoliyatini tashkil qilish, o‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonini zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.
Bo‘limning vazifalari:
akademiyaning yillik nashrlar rejasini shakllantirish;
o‘quv, ilmiy va boshqa turdagi adabiyotlarni nashrga (tahrir, korrektura o‘qish, andoza-maketlar) tayyorlash;
adabiyotlarni tayyorlash bo‘yicha mualliflarga metodik yordam va maslahatlar berish;
adabiyotlarning noshirlik va matbaa sohasidagi davlat standartlariga muvofiq holda chop etilishini tashkil qilish;
tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda o‘quv jarayonining zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligini monitoring qilib borish va boshqa.