Şu kunlarda Çjençjou politsiya universiteti vitse-prezidenti Li Guani boşçiligidagi delegatsiya mamlakatimizda bölib turibdi.
Bugun xitoylik mehmonlar Içki işlar vazirligi akademiyasiga taşrif buyurib, hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş masalalarini muhokama qildilar.
Uçraşuv oldidan universitet vakillari ta’lim jarayonlari, bakalavriat va magistratura bosqiçida yölga qöyilgan innovatsion yondaşuvlar, ta’lim oluvçilar va professor-öqituvçilar uçun yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar.
Li Guani akademiya faoliyatidagi yangilanişlarni közdan keçirib, dual ta’lim asosida kadrlar tayyorlaş, nazariya va amaliyot uyğunligini ta’minlaş, yoşlarning vatanparvarlik ruhini yuksaltiriş borasida samarali tizim yaratilganini ta’kidlab ötdi.
Şundan söng ta’lim muassasalari vakillari iştirokida uçraşuv bölib ötib, unda tomonlarni qiziqtirgan muhim masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Li Guani samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirar ekan, xalqimizning köp asrlik tarixi va ilmiy-ma’naviy merosiga alohida hurmat bilan qaraşini e’tirof etdi. “Men zamonaviy Özbekistonning jadal sur’atlarda ravnaq topayotganidan aslo taajjublanmayman. Çunki bu zaminda jahon ilm-fani, madaniyatiga katta ta’sir körsatgan buyuk şaxsalar yetişib çiqqan. Bugun mamlakatingiz öz tarixiy ildizidan ilhom olib, taraqqiyotning yangi bosqçiga qadam qöymoqda”, - dedi u.
Samimiy ruhda ötgan muloqot çoğida strategik hamkorlikning ustuvor yönalişlari belgilab olindi. Tomonlar hamkorlik memorandum asosida tajriba almaşinuvini kengaytiriş, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, “Smart politsiya” tizimi böyiça öquv kurslarini taşkil etiş, maşğulotlarga malakali mutaxassislarni jalb qiliş, ta’limni raqamlaştiriş kabi yönalişlarni rivojlantirişga kelişib oldilar.
Delegatsiya a’zolarining yurtimizga taşrifi davom etmoqda.
IIV akademiyasi Axborot xizmati