Magistraturaga oliy ma’lumotga ega ichki ishlar organi xodimlari qabul qilinadi.
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
1) “tashkiliy-strategik boshqaruv”;
2) “tashkiliy-taktik boshqaruv”;
3) “ilmiy-pedagogik faoliyat”.
Magistraturada o‘qish muddati 1 yilni tashkil etib, bitiruvchilarga boshqaruv magistri diplomi beriladi.
Ichki ishlar organlari xodimlari rahbarlik lavozimiga tayinlanishi uchun magistraturada o‘qishi shartligi belgilab qo‘yilgan.