Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Videokonferensaloqa tizimida tajriba almaşildi

21 Noyabr 2026, 18:35

59

Içki işlar vazirligi akademiyasi hamda Rossiya, Belarus, Qirğiziston, Qozoğistonning turdoş oliy ta’lim muassasalari iştirokida onlayn maşğulot ötkazildi.

Sibir yuridik instituti taşabbusi bilan videokonferensaloqa tizimida taşkil etilgan maşğulot “Raqamli valyutalar: axborot texnologiyalari va tahlil vositalari” mavzuyiga bağişlandi.

Şu kuni iştirokçilar raqamli valyutalar bilan boğliq moliyaviy operasiyalar, ularni aniqlaş va foş etiş, zamonaviy raqamli kriminalistika imkoniyatlari, sun’iy intellektga asoslangan kibertahlil usullari, kiberjinoyatlarga qarşi kuraşda qöllanilayotgan ilğor xorijiy tajribalar borasida bilim va könikmalarini boyitdilar.

E’tiborlisi, onlayn maşğulotga akademiya kursantlari bilan birga, ixtisoslik kafedralari professor-öqituvçilari, masofaviy ta’lim tinglovçilari hamda Xorijiy kadrlar bilan işlaş fakultetida ta’lim olayotgan yoşlar ham jalb qilindi.

Tadbir yakunida mazkur yönalişda özaro hamkorlik va tajriba almaşinuvini kengaytiriş, öqitişning innovatsion yondaşuvlarini amaliyotga tatbiq etiş, ta’lim integratsiyasini kuçaytirişga kelişib olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech