Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi

Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi ichki ishlar organlari uchun professional kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan mutaxassislik kafedrasi sanaladi.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar:

jinoyat-ijroiya huquqi;

jazoni ijro etish faoliyati;

jazoni ijro etish muassasalari maxsus bo‘limlari faoliyati.

Kafedrada ta’limning interfaol metodlari va ilg‘or yondashuvlari keng joriy qilingan. O‘quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsasida Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari, shuningdek yetakchi ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

 Jamoa tomonidan nashr qilingan ayrim adabiyotlar:

“Jinoyat-ijroiya huquqi” (darslik);

“Shartli hukm institutining nazariy, huquqiy va amaliy jihatlarini takomillashtirish” (monografiya);

 “Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish” (o‘quv qo‘llanma);

“Probatsiya xizmatining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etishdagi faoliyati” (o‘quv qo‘llanma);

“Jinoyat-ijroiya huquqi” (o‘quv qo‘llanma);

“Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar huquqlarining ta’minlanishi” (o‘quv qo‘llanma);

“Jinoyat-ijroiya huquqi” (o‘quv-uslubiy qo‘llanma);

“Jinoyat-ijroiya huquqi” (ma’ruzalar kursi).

Kafedra qoshida “Yosh penitensiar xodim” iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi hamda “Muloqot” klubi tashkil etilgan.

 

 

 

 

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech