Axborot-resurs markazi akademiyaning ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga ko‘maklashib kelayotgan tarkibiy tuzilma sanaladi.
Markazning asosiy faoliyati kursant va tinglovchilar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda boshqa foydalanuvchilarga zamonaviy axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishdan iborat.
Markazning vazifalari:
axborot-resurs xizmatlarini ko‘rsatish uchun qulay shart-sharoit yaratish;
foydalanuvchilarning ehtiyojini qondirish va mustaqil bilim olishiga ko‘maklashish;
mavjud fondni saqlash va yangi manbalar bilan boyitish choralarini ko‘rish;
zamonaviy axborot texnologiyalari asosida faoliyatni takomillashtirib borish.
Axborot-resurs markazida o‘quv adabiyotlari seksiyasi, maxfiy adabiyotlar seksiyasi, badiiy hamda elektron kutubxona mavjud. Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi hamda xorijiy davlatlarning hamkor turdosh oliy ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.