Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati fakulteti

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati fakulteti ichki ishlar organlari uchun vatanparvar, kasbiga sodiq, yuksak kasbiy tayyorgarlikka, zarur bilim va ko‘nikmalarga ega, yuqori malakali mutaxassis huquqshunos kadrlar tayyorlashni ta’minlaydigan tarkibiy tuzilma hisoblanadi.

Fakultet ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borilishini ta’minlaydi, o‘z faoliyatini akademiyaning boshqarma, fakultet, kafedra, bo‘lim va boshqa tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

Fakultetning maqsadi kafedralar o‘quv va ilmiy faoliyatini, kursantlar bilan tarbiyaviy ishlarni samarali boshqarish, ta’lim dasturining sifatli amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat.

Fakultetning vazifalari:

davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturlariga muvofiq ichki ishlar organlari uchun yetuk kasbiy tayyorgarlikka, zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash;

o‘quv jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

fan va ta’limning ilg‘or yutuqlariga asoslangan holda ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish;

kursantlar bilan ma’naviy, ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni olib borish;

fakultet faoliyatini samarali tashkil etish.

Tarkibidagi kafedralar:

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi;

Kriminologiya kafedrasi;

Ma’muriy huquq kafedrasi.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech