Tashkiliy-shtab faoliyati kafedrasi ichki ishlar organlari uchun professional kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan mutaxassislik kafedrasi sanaladi.
Kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar:
ichki ishlar organlarining tashkiliy-shtab va yuridik ta’minlash faoliyati;
ichki ishlar organlarining murojaatlar bilan ishlash va ish yuritishni ta’minlash faoliyati;
ichki ishlar organlarida axborot-tahlil ishi.
Kafedrada ta’limning interfaol metodlari va ilg‘or yondashuvlari keng joriy qilingan. O‘quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsasida Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari, shuningdek yetakchi ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Jamoa tomonidan nashr qilingan ayrim adabiyotlar:
“Ichki ishlar organlarining tashkiliy-shtab va yuridik ta’minlash faoliyati” (darslik);
“Ichki ishlar organlarida murojaatlar bilan ishlash va ish yuritishni ta’minlash faoliyati” (darslik);
“Ichki ishlar organlarida axborot-tahlil ishi” (darslik);
“Ichki ishlar organlarida yuridik ta’minlash faoliyati”,
“Ichki ishlar organlarining tashkiliy departamenti” (o‘quv qo‘llanma);
“Ichki ishlar organlarida murojaatlar bilan ishlash va ish yuritishni ta’minlash faoliyati”,
“Ichki ishlar organlarida navbatchilik qismi faoliyati” (o‘quv qo‘llanma);
“Ichki ishlar organlarida situatsion-tahliliy markazlarning faoliyati asoslari” (o‘quv qo‘llanma);
“Axborot-tahlil ishining maqsadi, vazifalari va ichki ishlar organlari faoliyatidagi ahamiyati” (o‘quv qo‘llanma.
Kafedra qoshida “Yosh tahlilchi” iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi hamda “Muloqot” klubi tashkil etilgan.