Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti 2017 yilda tashkil etilgan. Fakultetda o‘qish ikki bosqichda – tayanch doktorantura va doktorantura shaklida olib boriladi.
Hozirda fakultet quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik shakllarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlamoqda:
12.00.01 – “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi”;
12.00.02 – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi”;
12.00.03 – “Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq”;
12.00.08 – “Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi”;
12.00.09 – “Jinoyat protsessi. Kriminalistika. Tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi”;
12.00.14 – “Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati”.
O‘tgan yillar mobaynida fakultet doktorant va mustaqil izlanuvchilari tomonidan 100 ga yaqin monografiya,30 ga yaqin risola, 600dan ziyod ilmiy maqola, shulardan yuzga yaqini nufuzli xorijiy ilmiy nashrlarda chop etildi.
Fakultet tomonidan “Ilmiy tadqiqot: metodologiya, metodika va ijodiyot” nomli ikki qismdan iborat qo‘llanma nashr etilib, mazkur risola tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarini ratsional tashkil etishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, har yili huquqshunoslik fanining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar to‘plami nashr etilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Fakultetda tegishli ixtisosliklar, ilmiy-tadqiqot o‘tkazish metodikasi va chet (ingliz) tili bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi. Nufuzli oliy ta’lim dargohlari, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan o‘zaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilgani ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini ko‘payishiga xizmat qilmoqda.