Psixologik ta’minlash markazi 2009 yilda o‘z faoliyatini boshlagan.
Markazning asosiy maqsadi – shaxsiy tarkibning psixologik tayyorgarlik darajasini oshirish hamda kasbiy-psixologik muhim xususiyatlarini yanada takomillashtirish, ta’lim muassasasiga kirish istagini bildirgan nomzodlarning kasbiy layoqatini, rahbarlik lavozimlariga tayinlanayotgan xodimlarning rahbarlik qobiliyatini hamda organlardagi ma’naviy-ruhiy muhit holatini aniqlashdan iborat.
Markaz tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
shaxsiy tarkib a’zolarining shaxsiy, shaxslararo, guruhlararo munosabatlarini ijtimoiy-psixologik qonuniyatlar asosida o‘rganish va sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni tatbiq etish;
tarkibiy tuzilmalarning rahbar xodimlariga qo‘l ostidagi xodimlar bilan ishlash va xizmat jarayonini boshqarishda psixologik maslahatlar berish;
kasbiy va maishiy stress (zo‘riqish), charchash va boshqa salbiy ruhiy holatlarni oldini olish va psixologik korreksiyani amalga oshirish;
ekstremal va favqulodda vaziyatlarda psixologik usullar yordamida xodimlarning ruhiy barqarorligini ta’minlash;
shaxsiy tarkibni tarbiyalash jarayonida mas’ul xodimlarga psixologik vosita va usullardan keng foydalanish tartibini o‘rgatish.
xizmat jamoalarida ijtimoiy, ma’naviy-ruhiy muhitni va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish, uni yaxshilash borasida tavsiyalarni ishlab chiqish;
salbiy xulq-atvorga moyilligi yuqori xodimlarni aniqlash, xodimlar bilan psixologik suhbatlar o‘tkazish, shaxsiy va oilaviy qiyinchilik hamda muammolarni hal qilishda yordam berish;
shaxsiy tarkib o‘rtasida suitsidal holatlarni oldini olish maqsadida psixodiagnostika va psixoprofilaktika ishlarini olib borish;
ichki ishlar organlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanayotgan xodimlarni boshqaruvchanlik va tashkilotchilik qobiliyatlarini o‘rganish.