O‘quv-uslubiy kengash akademiyaning o‘quv va o‘quv-uslubiy faoliyatini muvofiqlashtiruvchi jamoatchilik organi hisoblanadi.
Kengashning maqsadi o‘quv ishlari, o‘quv-uslubiy ishlar, shaxsiy tarkibni tarbiyalash borasidagi ishlar, professor-o‘qituvchilar tarkibining pedagogik malakalarini oshirish, tadqiqot ishlari natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq etishni samarali yo‘lga qo‘yish, o‘quv va o‘quv-uslubiy faoliyatni muvofiqlashtirishdan iborat.
Kengashning vazifalari:
o‘quv jarayonining o‘quv-uslubiy ta’minoti samaradorligini oshirish, kursant va tinglovchilarning fundamental bazaviy hamda amaliy kasbiy tayyorgarligini ta’minlashda ishtirok etish;
o‘quv jarayonini nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini, kursant va tinglovchilarda tahliliy fikrlash, bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishni ta’minlaydigan o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, pedagogik, axborot-kommunikatsiya, innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish;
fanlarni o‘qitish sifati va darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv-uslubiy materiallarni belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlash;
pedagog kadrlarni tayyorlash, ularning kasb mahorati va salohiyatini oshirishda ishtirok etish;
kafedra va sikllarning o‘quv va o‘quv-uslubiy faoliyatini muvofiqlashtirish;
o‘quv, o‘quv-uslubiy, uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.
Kengash huquqlari:
o‘quv jarayonini takomillashtirishda ishtirok etish;
o‘quv jarayonini o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, pedagogik, axborot-kommunikatsiya, innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etilishini nazorat qilish;
nazorat turlari natijalari bo‘yicha kursantlar va tinglovchilarning o‘zlashtirishini tahlil qilish va baholash mezonlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
o‘quv, o‘quv-uslubiy jarayonlarni takomillashtirish yuzasidan tegishli kafedralar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
kafedralarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishi yuzasidan hisobotlarini eshitish;
pedagog xodimlarning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish va amaliyotga joriy etishga oid masalalarni ko‘rib chiqish;
tayyorlangan darslik, ma’ruzalar kurslari, monografiya, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni chop etish uchun tavsiya qilish;
akademiya kengashi va rahbariyatining o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha qarorlari va ko‘rsatmalari bajarilishini nazorat qilish;
turli tanlovlarda qatnashish uchun professor-o‘qituvchilar nomzodini tavsiya etish;
fan olimpiadalari va turli tanlovlarda qatnashish uchun kursant va tinglovchilar nomzodini tavsiya etish;
akademiya faoliyatiga oid ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazish, uning natijalaridan kelib chiqib o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish.
O‘quv-uslubiy kengash rais, o‘rinbosar, kotib va a’zolardan iborat tarkibda tuziladi. Kengash majlisi har oyda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.