IIV akademiyasida ta’lim olayotgan magistratura tinglovchilari uchun onlayn mashg‘ulotlar tashkil qilindi.
Rossiya Federatsiyasi IIV Boshqaruv akademiyasi olimlari V. Redkous va A. Melixov “Ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etish va ma’muriy-huquqiy jihatdan tartibga solish” hamda “Mamlakat xavfsizligini ta’minlashda politsiya faoliyati: xorijiy tajriba” mavzularida ma’ruza qilib, tinglovchilar bilan muloqot qildi.
* * *
Jamoat xavfsizligi universitetida turdosh oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi.
Ushbu sport turini rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan sport tadbirida 7 ta jamoa g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Qizg‘in o‘tgan bellashuvlar yakunida 1-o‘rin mezbonlarga, 2-o‘rin IIV akademiyasi va 3-o‘rin Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kursantlariga nasib qildi.
* * *
IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari Boku shahrida “Jinoyatchilikka qarshi kurashishning dolzarb muammolari” mavzuida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ma’ruza bilan qatnashdi.
Turkiya, Vengriya, Polsha, Moldova, Gruziya, Bolgariya, Serbiya, Tojikiston, Qozog‘iston va boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda turdosh oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etgan anjuman huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati