Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Sayyor maşğulotlar bilim va könikmalarni oşirmoqda

21 Noyabr 2026, 18:05

56

Prezidentimiz qarori asosida Buxoro, Sirdaryo va Farğona viloyatlarida navbatdagi mobil kasbiy malaka oşiriş kurslari taşkil etildi.

Içki işlar va milliy gvardiya organlarining örta böğin rahbarlari hamda jamoat xavfsizligini ta’minlaş tizimi xodimlari uçun taşkil qilingan maşğulotlar Içki işlar vazirligi akademiyasi, Malaka oşiriş instituti, Jamoat xavfsizligi universiteti vakillari, şuningdek tajribali amaliyot xodimlari tomonidan olib borildi.

Öquv kurslari jarayonida xodimlarning kasbiy salohiyati va kompetensiyalarini oşiriş, şaxsiy tarkib örtasida korrupsiyaviy va boşqa xavf-xatarlarning oldini oliş, faoliyatni rejalaştiriş va natijadorlikni baholaş, hududlarda aholi bilan işlaş, jamoat xavfsizligini ta’minlaş va huquqbuzarliklarning oldini oliş işlarini samarali taşkil etiş, idoralararo hamkorlikni kuçaytiriş hamda boşqa masalalarga e’tibor qaratildi.

Şu bilan birga, xodimlarning intellektual salohiyati va aqliy qobiliyat körsatkiçini (IQ) aniqlaş, nostandart va ekstremal vaziyatlarda töğri va mustaqil qaror qabul qiliş könikmalarini baholaşga qaratilgan kompleks psixologik hamda kasbiy diagnostika tadbirlari ötkazildi. Yakunda ulardan sinovlar qabul qilindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech