Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi akademiyaning mustaqil tarkibiy tuzilmasi sanaladi.
Bo‘limning maqsadi jamoa a’zolarini ilmiy faoliyatga jalb etish, ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash, ilm-fan, ta’lim va amaliy faoliyatning uzviy bog‘liqligini ta’minlashdan iborat.
Bo‘limning vazifalari:
ilmiy-tadqiqot ishlarini faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari, amaliyot organlarning buyurtmalari, kafedralar takliflarini hisobga olgan holda tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha kafedralarga tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish, ilmiy to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etish;
xalqaro, respublika, idoraviy va akademik ilmiy anjumanlar, ilmiy tanlovlar hamda master-klass mashg‘ulotlarini tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish, ijobiy tajribalarni ommalashtirish va boshqa.