Diqqat! Sayt sinov rejimida

O‘quv-uslubiy boshqarma

      O‘quv-uslubiy boshqarma ta’lim jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish, mamlakatimiz va xorijning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ichki ishlar organlarining amaliy tajribasi, o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari va yondashuvlarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish, professor-o‘qituvchilar jamoasining kasb mahoratini oshirib borish maqsadida tashkil etilgan.

      Boshqarmaning asosiy funksiyalari:

o‘quv jarayonini rejalashtirish;

davlat ta’lim standartlari va namunaviy o‘quv rejalari asosida ish o‘quv rejalari, o‘quv jarayonining yillik jadvali, darslar jadvallarini ishlab chiqish;

o‘quv mashg‘ulotlari, kirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarining jadvallarini, maslahatlar, ochiq va namunaviy mashg‘ulotlarning umumiy jadvallarini ishlab chiqish hamda ularning ijro etilishini nazorat qilish;

o‘quv jarayonini muvofiqlashtiruvchi va tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar loyihalari (nizomlar, yo‘riqnomalar, buyruqlar va hokazolar)ni ishlab chiqish;

tinglovchi-kursantlarning mashg‘ulotlarni o‘zlashtirish darajalari va davomatini tahlil qilish;

o‘quv jarayonini tashkil etish va takomillashtirish, professor-o‘qituvchilar hamda kursantlar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

o‘quv jarayonini nazorat qilish bo‘yicha rejalar va jadvallar ishlab chiqish, ularning ijro etilishini ta’minlash;

pedagogik nazoratlarning holati va natijalarini tahlil qilish va faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;

auditoriya fondini to‘g‘ri va oqilona taqsimlash;

kafedralarning o‘quv va metodik ish faoliyatni muvofiqlashtirish, uning holatini o‘quv yilining natijalari bo‘yicha tahlil qilish;

kafedralarda professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalari taqsimotini, ularning o‘quv yili bo‘yicha o‘quv yuklamalari bajarilishi bo‘yicha umumiy hisobotini tahlil qilish;

kafedralar o‘quv-metodik kabinetlarining ish faoliyatini muntazam ravishda nazorat qilish;

boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv-metodik yig‘ilishlari, konferensiyalari va seminarlarini, kafedralar o‘quv-metodik faoliyatining ko‘rik-tanlovlarini tashkil qilish va o‘tkazish;

o‘quv jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar, metodlar, o‘qitishning yangi shakl va vositalari, pedagogika va ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari amaliy faoliyati bo‘yicha ilg‘or tajribalarga oid tadqiqotlar natijalarining tatbiq etilishini ta’minlash;

ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va joriy etilishini ta’minlash;

Akademiya va kafedralar miqyosida ochiq, sinov darslari o‘tkazilishini hamda mashg‘ulotlarning pedagogik nazorat etilishini tekshirish;

o‘quv jarayonining holati bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va kursantlarning fikrlarini o‘rganib, jarayonni takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik faoliyat yuritishi hamda kursantlar tomonidan mutaxassislikka oid ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishlari va ularning ijodiy mustaqil faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlashdan iborat.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech