Ushbu kafedra ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv faoliyati uchun professional kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi fanlar o‘qitiladi:
kunduzgi ta’lim bakalavriatida:
Ichki ishlar organlarida tezkor-qidiruv faoliyati;
Ichki ishlar organlarida ish yuritish va maxfiylik tartibi;
Ichki ishlar organlarida tezkor-qidiruv faoliyati;
Tezkor-qidiruv faoliyati;
Tezkor-qidiruv huquqi;
Avtotransport vositalarining qidiruvini tashkil etish;
Maxsus texnika va aloqa vositalari;
Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish taktikasi va metodikasi;
Dinshunoslik, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari;
Ichki ishlar organlarining noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurashish faoliyati.
Sirtqi ta’limda:
Ichki ishlar organlarida tezkor-qidiruv faoliyati;
Ichki ishlar organlarida ish yuritish va maxfiylik tartibi.
Kafedra qoshida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘quv-uslubiy xona, o‘quv tezkor-tergov guruhi, “Yosh izquvarlar” iqtidorli kursantlarning ilmiy to‘garagi tashkil etilgan.
Ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida kafedra Ichki ishlar vazirligining tegishli sohaviy xizmatlari, ichki ishlar organlari va yuridik ta’limga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda.