Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

“Xavfsiz va soğlom yurt”: mahallalardagi muhit örganildi

21 Noyabr 2026, 17:27

71

Içki işlar vazirligi akademiyasi professor-öqituvçilari tomonidan Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida manzilli örganişlar olib borildi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhitni yaratiş yönalişida yaxlit manzilli işlaş borasidagi qarori asosida respublikamiz böylab keng qamrovli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Mazkur qaror ijrosini sifatli ta’minlaş maqsadida tumandagi “Imom Buxoriy”, “Navbahor”, “Tinçlik”, “Böston” va boşqa mahallalarda jinoyatçilik körsatkiçlari örganildi. Joylarda mas’ul rahbarlar, “mahalla yettiligi” tizimi xodimlari, faollar hamda ta’lim muassasalari vakillari iştirokida uçraşuvlar taşkil qilinib, “yöl xarita”larda belgilab olingan çora-tadbirlar ijrosi tahlil qilindi.

Mahallalarning kriminogen vaziyatiga salbiy ta’sir körsatayotgan omillardan kelib çiqib, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, yoşlar va xotin-qizlar bandligi oşiriş, fuqarolar murojaatlariga tezkorlik bilan munosabat bildiriş, har bir jinoyatning sabab va şart-şaroitlarini çuqur örganiş, ularning takror sodir etilişiga yöl qöymaslik, şuningdek aholi örtasida kiberprofilaktika qamrovini oşiriş yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

Bundan taşqari, “mahalla yettiligi” tizimi vakillariga aholi bilan manzilli işlaş va ijtimoiy profilaktikani samarali taşkil etiş yuzasidan amaliy tavsiyalar berilib, hududlarga uslubiy yordam körsatildi.

Örganişlar yakunida aniqlangan kamçiliklar muhokama qilinib, mahallalarda çinakam xavfsiz muhitni yaratiş orqali qarorda belgilangan vaziflar ijrosini samarali ta’minlaş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech