Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyati kafedrasi ichki ishlar organlari uchun professional kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan mutaxassislik kafedrasi sanaladi.
Kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar:
ichki ishlar organi xodimining muomala odobi va estetikasi;
kasbiy va nutq madaniyati;
vatanparvarlik tarbiyasi;
muomala psixologiyasi va konfliktologiya;
jamoatchilik bilan aloqalar.
Kafedrada ta’limning interfaol metodlari va ilg‘or yondashuvlari keng joriy qilingan. O‘quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsasida Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari, shuningdek yetakchi ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Jamoa tomonidan nashr qilingan ayrim adabiyotlar:
“Kasbiy psixologiya” (darslik);
“Pedagogika. Psixologiya” (darslik);
“Vatanparvarlik tarbiyasi” (darslik);
“Jamoat bilan aloqalar” (darslik);
“Ichki ishlar organlari xodimlari kasb madaniyati va xizmat intizomi” (darslik);
“Ichki ishlar organlari xodimlarini kasbga tayyorlashda zamonaviy psixodiagnoztika” (monografiya);
“Konfliktologiya va muomala psixologiyasi” (o‘quv qo‘llanma);
“Ichki ishlar organlari faoliyatida muomala psixologiyasi” (o‘quv qo‘llanma);
“Ichki ishlar organlari xodimlari orasida suitsidal xul-atvor privensiyasi” (o‘quv qo‘llanma);
“Huquqiy targ‘ibot chora-tadbirlarini yosh davrlari bo‘yicha tashkil etish va o‘tkazish metodikasi” (metodik qo‘llanma).
Kafedra qoshida “Tafakkur” iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi hamda “Muloqot” klubi tashkil etilgan.