Davlat-huquqiy fanlar va inson huquqlarini ta’minlash kafedrasi akademiyaning mutaxassis kadrlar tayyorlash faoliyatiga ko‘maklashib kelayotgan tarkibiy tuzilma sanaladi.
Kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar:
davlat va huquq nazariyasi;
konstutsiyaviy huquq;
xalqaro huquq;
inson huquqlari umumiy nazariyasi;
inson huquqlari va fuqarolik jamiyati;
O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati.
Kafedra professor-o‘qituvchilari chop etgan adabiyotlar:
“Davlat va huquq nazariyasi” (darslik);
“Konstitutsiyaviy huquq” (darslik);
“Davlat va huquq nazariyasi va tarixi” (darslik);
“Ichki ishlar organlarida axborot-tahlil ishi” (darslik);
“Kasb madaniyati va muomala odobi” (o‘quv qo‘llanma);
“Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi” (o‘quv qo‘llanma);
“O‘zbek yuridik atamalarining izohli lug‘ati” (o‘quv qo‘llanma).
Kafedra qoshida iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi tashkil etilgan. O‘quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsasida yetakchi ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur tarkibiy tuzilma 2017 yilda tashkil etilgan.
Kafedraning asosiy maqsadi IIV Akademiyasi kursant hamda tinglovchilariga zamonaviy xavf- xatarlar, jumladan terrorizm, ekstremizm, odam savdosi va noqonuniy migratsiyaning yuzaga kelish sabab va sharoitlari, alohida belgi va xususiyatlari haqida nazariy bilimlar berish, bu turdagi jinoyatlarning oldini olish, ularni ochish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Ayni vaqtda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan «Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish taktikasi va metodikasi», «Ichki ishlar organlari tezkor apparatlarining noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurashish faoliyati», «Maxsus texnika vositalari» va Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun «Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash faoliyatini tashkil etish» fanlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining ijodiy izlanishlari samarasi o‘laroq, «Ichki ishlar organlarida tezkor-qidiruv faoliyati», «Maxsus texnika vositalari», «Ichki ishlar organlari tezkor- qidiruv faoliyatining boshqaruvini tashkil etish», «Sintetik giyohvandlik vositalarini yashirish va tarqatish usullarini aniqlash hamda fosh etish», «Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish taktikasi va metodikasi» va boshqa adabiyotlar nashr qilindi. Jamoa a’zolari tomonidan o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, interfaol usullardan, ta’limning kompyuter grafikasi va multimedia vositalari, davra suhbatlari, «aqliy hujum», «rolli o‘yinlar» kabi shakllaridan unumli foydalanish hamda tinglovchi va kursantlar bilan faol muloqot asosida mashg‘ulotlar olib borish an’anaga aylangan.