Akademiyaning ilmiy-tadqiqot faoliyati qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi mavjud muammolar yechimi bo‘yicha ilmiy, fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazishga qaratilgan.
O‘quv dargohida 6 ta ixtisoslik bo‘yicha tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik shakllarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi. Bular:
12.00.01 – “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi”;
12.00.02 – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi”;
12.00.03 – “Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq”;
12.00.08 – “Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi”;
12.00.09 – “Jinoyat protsessi. Kriminalistika. Tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi”;
12.00.14 – “Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati”.
Akademiyada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishning 2021‒2023-yillarga mo‘ljallangan istiqbolli dasturi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra dissertatsiya tadqiqotlari va tinglovchi-kursantlarning bitiruv malakaviy ishlar mavzularini ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoiy jazolar ijrosini tashkil etish faoliyatidagi eng dolzarb masalalarga yo‘naltirilgan.
Akademiya professor-o‘qituvchilaridan 97 nafari ilmiy salohiyatga ega bo‘lib, ulardan 26 nafar fan doktori (DSc) hamda 71 nafari fan nomzodi va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.