O'z Ўз Ру En
×

Harbiy tayyorgarlik kafedrasi

Mazkur kafedra 1978 yilda harbiy safarbarlik va maxsus taktik tayyorgarlik kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Unga polkovnik G.Vasilev boshliq etib tayinlangan. 1994 yilda ta’lim muassasasi Akademiya maqomini olgach, uning nomi harbiy xizmat va maxsus taktik tayyorgarlik kafedrasi deb o‘zgartirildi. Bu davrda kafedra uchun yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi. 2017 yildan bo‘linma harbiy tayyorgarlik kafedrasi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Kafedra boshlig‘i etib turli yillarda polkov­nik V.Yusupov, general-mayor H.Xadjimatov, polkov­nik S.Tangirberdiyev, mayor D.Aloutdinov faoliyat yuritganlar.

Kafedrada «Harbiy-xizmat tayyorgarligi», «Harbiy xizmat va maxsus taktik tayyorgarlik», «Jangovar tayyorgarlik» fanlaridan saboq beri­ladi. Kursantlarga puxta bilim berish maqsadida maxsus taktika, harbiy topografiya, fuqaro muho­fazasi, o‘q otish nazariyasi va qurollarning mod­diy qismlari xonalari hamda elektron tir tashkil etilgan. Keyingi yillarda xonalar zarur vosita va jihozlar bilan ta’minlanib, o‘q otish galereyasi to‘liq yangilandi. Kafedraning fond ma’ruzalari va metodik komplekslari ham yildan yilga yangi­lanmoqda. Ta’limning interfaol usuliga tayangan holda «Nishon» elektron tir dasturidan keng foy­dalanib kelinmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha il­miy to‘garak hamda jangovar qurollardan o‘q otish seksiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan «Fuqaro muhofazasi», «O‘q otish tayyorgarligi» darsliklari, «Umumiy taktika», «Maxsus taktika», «Fuqaro muho­fazasi», «Saf tayyorgarligi», «Harbiy tayyorgarlik», «Harbiy topografiya», «Harbiy xizmat va maxsus tak­tik tayyorgarlik» va boshqa qo‘llanmalar tayyorlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech