Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi ichki ishlar organlari uchun professional kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan mutaxassislik kafedrasi sanaladi.
Kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar:
ichki ishlar organlari profilaktik faoliyati;
profilaktika inspektorining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish faoliyati;
probatsiya faoliyati;
huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati.
Kafedrada ta’limning interfaol metodlari va ilg‘or yondashuvlari keng joriy qilingan. O‘quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsasida Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari, shuningdek yetakchi ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Jamoa tomonidan nashr qilingan ayrim adabiyotlar:
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi” (darslik);
“Ichki ishlar organlarining profilaktik faoliyatini boshqarish” (darslik);
“Ichki ishlar organlarining uyushmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini takomillashtirish” (monografiya);
“Ichki ishlar organlarining oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar profilaktikasini takomillashtirish” (monografiya);
“Ichki ishlar organlari profilaktika xizmatlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish faoliyati” (o‘quv qo‘llanma);
“Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalar bilan ishlashda profilaktika inspektorlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi jamoat tuzilmalarining o‘zaro hamkorligi” (o‘quv qo‘llanma);
“Oila-turmush doirasida sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish va qasddan badanga shikat yetkazish jinoyatlarining barvaqt oldini olish bo‘yicha hudud metodikasi” (metodik qo‘llanma);
“Profilaktika inspektorining ma’muriy hududda jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi hamkorligi” (metodik qo‘llanma);
“Fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda jamoat tartibiga tajovuz qiladigan ayrim turdagi ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha rasmiylashtiriladigan ma’muriy protsessual hujjatlar namunalari” (metodik qo‘llanma);
“Profilaktika inspektorlarining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish faoliyati” (ma’ruzalar kursi).
Kafedra qoshida “Yosh profilaktika inspektori” iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi hamda “Muloqot” klubi tashkil etilgan.