Tashkiliy boshqarma akademiya faoliyatini rejalashtirish, faoliyat samaradorligini tahlil qilish va baholash, qonun hujjatlarining vaqtida, bir xilda va to‘liq bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, yuridik ta’minlash, samarali ish yuritish va hujjatlar aylanishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash funksiyalarini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.
Boshqarmaning vazifalari:
akademiyaning ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyatini tashkillashtirish va nazorat qilish;
navbatchilik xizmatini tashkil etish, tahlil va nazorat faoliyatini tashkillashtirish hamda muvofiqlashtirish;
faoliyatni yuridik ta’minlash;
samarali ish yuritish va hujjatlar aylanishi, shuningdek maxfiylik tartibotiga rioya qilinishini ta’minlash:
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish.
Tarkibidagi tuzilmalar:
referentlar guruhi;
tahlil va nazorat guruhi;
navbatchilik qismi;
murojaatlar bilan ishlash guruhi;
yuridik ta’minlash guruhi;
kotibiyat.