Tibbiyot bo‘limi akademiyaning mustaqil tarkibiy tuzilmasi sanaladi.
Bo‘limning maqsadi shaxsiy tarkib a’zolarini sog‘lomlashtirish, ularga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, akademiyada sanitariya-gigiena qoidalarini joriy qilishdan iborat.
Bo‘limning vazifalari:
shahodatlangan xodimlar va kursant (tinglovchi)larning salomatligini muhofaza qilish;
shahodatlangan xodimlar va kursant (tinglovchi)larga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish;
shaxsiy tarkib a’zolarini davolash, tibbiy reabilitatsiya qilish, salomatligini qayta tiklash va sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil qilish;
akademiyaning kunduzgi ta’lim shakliga qabul jarayonida nomzodlarni yakuniy harbiy-tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda amaliy yordam berish;
atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, sanitariya-gigiena tadbirlarini tashkil etish;
ilg‘or tajribalar asosida kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi, davolash va tibbiy reabilitatsiya qilishning zamonaviy uslublarini amaliyotga tatbiq qilish.