Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Magistratura

Akademiya magistraturasi  ichki ishlar organlari uchun rahbar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan, fakultet maqomiga tenglashtirilgan o‘quv-ilmiy bo‘linma hisoblanadi.

Magistraturaning maqsadi ichki ishlar organlari uchun yuksak kasbiy mahorat, intellektual salohiyat va yuqori bilim darajasiga ega, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk rahbar va ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlashdan iborat.

Magistraturaning vazifalari:

davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturlariga muvofiq, ichki ishlar organlari uchun yetuk kasbiy tayyorgarlikka, zarur bilim va ko‘nikmalarga ega, yuqori malakali mutaxassis rahbar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;

o‘quv jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning samarali shakllari va usullarini joriy etish hamda ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish;

magistraturaning kundalik faoliyatini samarali tashkil etish.

Tarkibidagi kafedra:

Boshqaruv fanlari kafedrasi.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech