Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yosh xodimlar qanday muammoga duch kelayapti?

08 Dekabr 2025, 05:12

43

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bo‘lib o‘tgan muloqot ana shu dolzarb mavzuga bag‘ishlandi.

Kadrlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, IIV akademiyasi vakillari hamda ta’lim muassasasini tamomlagan yosh xodimlar ishtirok etgan uchrashuvda bitiruvchilar amaliyotda duch kelayotgan ayrim muammolar va ularni bartaraf etish omillari muhokama qilindi.

Ma’lumki, hozirgi sharoitda tizim uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada akademiya kafedralarining hududlarga biriktirilgani ichki ishlar organlariga metodik yordam ko‘rsatish, kadrlar faoliyatini muntazam monitoring qilib borish, ta’limni amaliyot bilan uzviy holda tashkil qilishda ijobiy natija bermoqda.

Uchrashuvda mazkur tizim asosida olib borilgan o‘rganish natijalari tahlil qilindi. Mas’ul rahbarlar va xodimlarning fikr-mulohazalari asosida kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan idoraviy akademik litsey faoliyati ham o‘rganildi. O‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazilib, zamonaviy ta’limning ilg‘or yondashuv va talablari yetkazildi. Muloqot davomida o‘zaro tajriba almashinuvini kuchaytirish orqali yosh avlodning professional bilim va salohiyatini shakllantirib borish, mashg‘ulotlarni interfaol metodlar orqali tashkil etish borasida fikr almashildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech