IIV akademiyasining Özbek tili va xorijiy tillar kafedrasi tomonidan “Brain Battle” intellektual öyini taşkil etildi.
Kursantlarning ilmiy yutuqlari va innovasion ğoyalari IV ilm-fan festivali doirasida ötkazilgan tadbirda kunduzgi ta’limning 1 va 2-öquv kursida tahsil olayotgan kursantlardan iborat 4 ta jamoa qatnaşdi.
Intellektual bellaşuvda iştirokçilarning ingliz tilida öqiş, sözlaşiş, tinglab tuşuniş va fikrni ravon bayon etiş böyiça bilim hamda könikmalari sinovdan ötkazildi. Qiziqarli ötgan tadbir yakunida 1-örin “The grammar guardians”, 2-örin “The codebreakers” va 3-örin “The word detectives” jamoalariga nasib etdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati