17–22-noyabr kunlari IIV akademiyasida ichki ishlar organlari tizimidagi tegishli rahbarlar uchun qisqa muddatli o‘quv yig‘ini tashkil qilindi.
Mashg‘ulotlarga hududlardan Tergov va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek Kadrlar bilan ta’minlash bo‘limlari boshliqlari jalb etildi.
Tinglovchilar ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati, faoliyatga doir normativ-huquqiy hujjatlarning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek tergov, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va kadrlar bilan ishlash faoliyatiga qo‘yilayotgan asosiy talablar, bu boradagi dolzarb vazifalar ijrosini ta’minlash, amaliyotga tatbiq qilingan yondashuvlar asosida natijadorlikni oshirish yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar. Bundan tashqari, joylardagi sayyor mashg‘ulotlar davomida tizimdagi yangiliklar bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashdilar.
Ichki ishlar vazirligi vakillari va akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilardan sinov imtihonlari qabul qilindi. Shuningdek o‘quv yig‘ini ishtirokchilari ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati