IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun tashkil qilingan galdagi mashg‘ulot “Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi” mavzuiga bag‘ishlandi.
Ma’ruzada yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, bu boradagi strategik maqsad va dasturlar, mamlakatimiz yoshlari uchun yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar, ular erishayotgan yutuqlar, shu bilan birga, ta’lim sohasidagi izchil islohotlar va ularning ezgu natijalari haqida so‘z bordi.
Keyingi yillarda akademiyada ham ta’lim sifati yangi bosqichga olib chiqilgani, kursant yoshlar havas qilsa arzigulik zamonaviy shart-sharoitlardan foydalanib bilim cho‘qqilarini egallab kelayotgani aytib o‘tildi.
Tadbirda ichki ishlar organlari va ta’lim muassasasi faoliyatidagi muhim yangiliklar shaxsiy tarkibga yetkazildi. Shuningdek, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i O‘tkirbek Qosimov so‘z olib, xizmat intizomi va qonuniylikni buzish bilan bog‘liq salbiy holatlarga to‘xtaldi.
Har bir ichki ishlar organi xodimi fuqarolarga namuna bo‘lishi, turli illatlardan o‘zini uzoq tutishi, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda fidoyilik ko‘rsatib, xalq ishonchini oqlashi kerakligi ta’kidlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati