Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantlarimiz kuchlilar safida

13 Oktyabr 2025, 08:10

44

Poytaxtimizda kikboksing bo‘yicha Jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Butunjahon kikboksing tashkilotlari assotsiatsiyasi (WAKO), O‘zbekiston sport vazirligi hamda Kikboksing assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilingan nufuzli musobaqada dunyoning 40 ta davlatidan mahoratli sportchilar qatnashdi.

Musobaqada IIV akademiyasi kursantlari ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijalarga erishdi. Jumladan, Murodillo Abdurahmonov (75 kg) “low kick” yo‘nalishida, Ataxan Ataxanov (75 kg) “full contakt” yo‘nalishida oltin, Mahmudjon Davurov (94 kg) “kick light” yo‘nalishida kumush, Hojiakbar Qahhorov (63 kg) “full contakt” yo‘nalishida bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech