Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Zararli illatlarning oqibati tushuntirildi

11 Oktyabr 2025, 07:10

46

IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.

Universitet rahbariyati, talabalar, “Mirzo Ulug‘bek” mahallasi faollari ishtirokida o‘tgan tadbir yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish, zararli illatlardan ularni ogoh etish maqsadida tashkil qilindi.

Tadbirda akademiyaning Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi boshlig‘i R. Rahimxo‘jayev, magistratura tinglovchisi A. Djagbarov va boshqalar so‘zga chiqib, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning asl omillari, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ta’siriga tushib qolish, ularning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanishning oqibatlari haqida tushuncha berib o‘tishdi.

Shuningdek talabalarga “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida jinoyatchilikni jilovlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berilib, ogohlikni targ‘ib qiluvchi targ‘ibot materiallari tarqatildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech