Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Mahalla hududidagi universitetda yoshlar jinoyatchiligi muhokama qilindi

23 Sentyabr 2025, 09:09

203

IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan mahallalarni o‘rganish jarayonida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shunday uchrashuvlardan biri “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida tashkil qilindi.

Ta’lim muassasasi rahbariyati, talaba yoshlar, “mahalla yettiligi” hamda akademiya ishchi guruhi vakillari ishtirok etgan tadbirda “Mirzo Ulug‘bek” mahallasining kriminogen vaziyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar muhokama qilindi. 

So‘zga chiqqanlar mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar, yoshlar jinoyatligining asl omillari, ular tomonidan ko‘p sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va ularning oldini olish choralariga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek kibermakondagi xavf-xatarlar, giyohvandlik va diniy aqidaparaslikning oqibatlari, huquqiy madaniyat va ma’naviy immunitetni oshirish yo‘llari tushuntirilib, talabalar ogohlikka chorlandi.

Tadbir yakunida universitet rahbariyati, mahalla faollari va akademiya professor-o‘qituvchilari yoshlar tarbiyasiga qaratilgan tadbirlarni muntazam o‘tkazib turishga kelishib oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech