Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv kursi yakunida sertifikatlar topshirildi

16 Avgust 2025, 06:08

33

IIV akademiyasida Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xavfsizlik bosh boshqarmasi va Milliy politsiya akademiyasi hamkorligida o‘tkazilgan maxsus o‘quv kursi yakunlandi.

15-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yakuniy tadbirda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Esin Ajar Ergin so‘zga chiqib, xalqaro hamkorlik doirasidagi bu kabi tashabbuslar kiberxavfsizlik sohasida malakali kadrlar tayyorlash va tajriba almashishni yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, maxsus o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan xodimlarga sertifikatlar topshirildi.

 

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech